2-nashr. — Xorazm: Ogahiy, 2024. — 260 b.
Qariyb uch ming yillik yozma tarixga ega bo‘lgan Xorazmning o‘tmishi, tarixi va madaniyati, bu yerda kechgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar turli tillarda bitilgan yozma manbalarda o‘z aksini topgan.
Shuning uchun ham arab, fors va turkiy tillarda bitilgan manbalarda o‘zbek davlatchiligi tarixining masalalarini o‘rganish hamda tadqiq etish mavzui dolzarbligicha qolmoqda. Monografiyada o‘zbek davlatchiligi tarixining muhim va boy qatlamini tashkil etgan Xorazmdagi davlatchilik tarixi yozma manbalar asosida tadqiq qilinib, uning xulosa va natijalari berilgan.
Monografiya tarixchilar, manbashunoslar hamda vatanimiz tarixi bilan qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.